avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                                       Mening bobom va buvim mahallamiz faxri
                                                               Reja:
                        1.Bobom va buvim xonadonimiz fayzi
                        2.Menga berilgan pand-nasihatlar
                        3.Keksalar doim yoshlarga ibrat
                                                                                                         ‘’Qari bilganni Pari bilmas’’(Maqol)
      Dunyodagi har qaysi davlat biz o’zbeklarni mehmondo’st va oliyjanob xalq deb biladi.Boisi yurtimiz ulug’ an’ana va qadriyatlar makoni.Xususan,keksalarni hurmat qilish,ularning hayotida doimo yaxshi kunlar bo’lishini istab yashovchi xalq bu.Bobo-buvilarimizni e’zozlash,ularni hurmatini joyiga qo’yish,ularga doim ko’mak berish biz yoshlarni burchidir.Axir ular biz uchun hattoki qonli urushlarda qatnashib,avlodlar tinch hayot kechirishini istab,doim biz uchun qayg’urishgan.Endi bo’lsa qo’llaridan kuch,oyoqlaridan mador ketib,sochlariga oq oralagan.Vaqt o’z kuchini o’tkazmoqda.Ilgari navqiron,kuchga to’la bobo-buvilarimiz hozir keksayib,kuchdan qolishgan.Endi navbat biz yoshlarga.Axir,ular xonadonimiz fayzi,boyligidir.Ular oldimizda bo’lsa,dilimiz xushnud,baxtiyor bo’ladi.Ularni ko’rib,ko’nglimiz tog’dek ko’tariladi.Shu sabab,biz yoshlar keksalarni e’zozlab,hurmatlarini joyiga qo’yib,doim ko’ngillariga qarab ish yuritishimiz,qo’ldan kelgan barcha yordam va ko’magimizni darig’ tutmay yashashimiz lozim.